Byuro haqida
Advokat Ziyodulla Ishonqulovich rasman Ichki ishlar vazirligi tergov organlarida ishlagandan so‘ng, tadbirkorlik sohasidagi tajribasini oshirishda davom etdi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki va “Hamkorbank” ATBda yuridik boshqarmani boshqargan, bilimini iqtisodiyot va bank sohasida oshirgan.
2021-yilda Toshkent shahrida “DEGESTA LAWYERI” yuridik idorasini tashkil etgan.
Yillar davomida huquqiy bilimimizni oshirib va mijozlar muammolarini noldan, ular aytganidek, tajriba orqali hal qilish usullarini yaratdik. Shu kungacha advokatlar amaliyotida yeng shimarib, tom ma’noda yangi sud amaliyotini yaratishga harakat qilmoqdamiz va biz buni yaratamiz.
Asosiy goyamiz: advokatning yuqori kasbiy tayyorgarligi va halolligi.
Eng yuqori natija
«Biz o’z nomimizni va ishonchingizni qadrlaymiz»
– bu sheriklik boshlanishida tug’ilgan va Byuro rahbarlariga qaratilgan so’z,
bugungi kunda ham dolzarbdir.
Korporativ etika
So’nggi yillarda advokatlik sohasida korporativ axloq va advokatlik kasbining individual vakillarining halolligi masalasi tobora keskinlashmoqda.
Advokatni tanlashda asosiy mezon advokatning ijtimoiy roli va kasbini qadr-qimmatini to‘g‘ri tushunishdadidir.
Biz ma’lumot sotmaymiz, mudofaa chizig’idan chekinmaymiz va mavjud bo’lmagan xizmatlar uchun oson «foyda» ni sevuvchilar bilan hamkorlik qilmaymiz.
Byuro hamkori tomonidan Advokatlarning kasbiy axloq kodeksining har qanday buzilishi uning Byuro a’zoligidan chetlashtirilishi uchun asos bo’lishi mumkin. Ammo asossiz ayblovlar va tahdidlar bo‘lsa, biz har bir advokatimizni oxirigacha himoya qilamiz.
Byuro bugun
Bizning ofisimizning deyarli butun tarixi, shuningdek, to’plangan tajribaning ulushi bugungi kunda Huquq amaliyoti blogining alohida sahifasida joylashtirilgan. Saytning ushbu bo’limi bugungi kunda byuro qanday bo’lganini ko’rsatish uchun mo’ljallangan.